AsosiyJamiyat

Saviskiy muzeyidagi rasm qanchalik zarar ko`rgani ma`lum bo`ldi

'Saviskiy muzeyidagi rasm qanchalik zarar ko`rgani ma`lum bo`ldi 'ning rasmi

Jamoatchilik faoli Murat Sarsenov o`zining Facebook‘dagi sahifasida xabar berishiga ko`ra, Saviskiy muzeyida o`t o`chirish tizimining o`z-o`zidan ishlab ketishi oqibatida rassom Aleksandra Shevchenkoning "Baba s vedrami" rasmi qanchalik zarar ko`rganini xabar qildi.

Xabarda aytilishiga ko`ra, shu kunlarda Nukus San`at muzeyiga O`zbekiston Madaniyat vaziri o`rinbosari Kamola Akilova va muzeyning sobiq direktori Marini Bobonazarovalar kelishgan.

“Marinika Bobonazarovaning so`zlariga ko`ra, bo`yoqning 60%ga yaqin qismi xolstdan ko`chgan. Bo`yoq ostidagi qatlam (grunt) joyida, lekin rasm achinarli ahvolda”, - deyilgan xabarda.

Xabarda shuningdek, ushbu mashhur asarni qayta tiklash bilan xorijiy mutaxassislar shug`ullanishi aytib o`tilgan.

Biroz oldin muzey o`zining rasmiy xabarida ayni damda xorijiy mutaxassislar bilan muzokaralar olib borilayotganini xabar qilgan edi.

Eslatib o`tamiz, Shevchenkoning "Baba s vedrami" rasmi — Nukus muzeyining eng taniqli eksponatlaridan biri. Alerte Heritage jamiyati mutaxassislariga ko`ra, rasmning bugungi kundagi bahosi o`rtacha 1,5 million dollarni tashkil qiladi.

    Boshqa yangiliklar