1

Grand Mir mehmonxonasi oldidagi soatli minora olib tashlandi

Jamiyat 24.07.2018, 17:11
Grand Mir mehmonxonasi oldidagi soatli minora olib tashlandi

Toshkent shahar hokimi v.b. Jahongir Artikxodjaevning topshirig`i bilan poytaxtning Grand Mir (sobiq «Rossiya») mehmonxonasi oldidagi chorraha o`rtasiga o`rnatilgan soatli minora olib tashlandi.

"Shahar markazida ushbu minoraning paydo bo`lishi ijtimiy tarmoqlarda turli noroziliklarni keltirib chiqargandi. Foydalanuvchilardan birining yozishicha, bu minora AQShdagi «11 sentyabr voqealari» qurbonlari xotirasiga ishlangan soat minoraning ko`chirmasi ekan.

Toshkentdagi minorada ham «Time to remember» yozuvining borligi ob`ekt dizayni ko`chirilganini tasdiqlaydi", - deyilgan shahar hokimligi bergan xabarda.

alt

alt

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1