1

O`qituvchi pomidor nihollari orasiga nasha ekibdi

Jinoyat 25.07.2018, 10:52
O`qituvchi pomidor nihollari orasiga nasha ekibdi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi Chosh mahallasida yashovchi o`qituvchi Cho`lli Bepayonov (ism-sharif o`zgartirildi) 49 yoshida pedagog, degan sharafli kasbiga dog` tushirdi. Mahalla ahli va kasbdoshlari oldida yuzi shuvut bo`ldi, deb yozmoqda O`zA.

Gap shundaki, huquq-tartibot idoralari xodimlari uning yashash uyi va tomarqasini ko`zdan kechirganida pomidor ekinlari orasida 39 tup “nasha” giyohvandlik moddasini ekib, parvarishlab kelayotganini aniqladi.

Jamiyatda g`ayriqonuniy ishlarga barham berish va halol rizq topishda yosh avlodga ibrat bo`lish o`rniga giyohvand modda etishtirib, ustoz, degan ulug` nomga isnod keltirgan Ch.Bepayonovga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1