Toshkent shahar IIBB Yo`l harakati xavfsizligining ma`lumotlariga ko`ra, Toshkentning markaziy ko`chalaridan birida yana 4 ta radar ishga tushirilgan. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Avtomobillar tezligini qayd qilish qurilmasi “Abdulla Qodiriy” ko`chasidagi yo`l o`tkazgichlarining (most) kirish va chiqish qismlariga o`rnatilgan. Shaharda radarlarni ko`paytirishdan maqsad yo`l transporti hodisalarini kamaytirish hamda haydovchilarni tartibga chaqirishdir.
Ko`pincha haydovchilar tunnelda belgilangan tezlikdan yuqori ko`rsatkichda harakatlanadilar. Bu ularning hayoti uchun xavfli hisoblanadi.






