AsosiyJamiyat

Samarqand davlat universiteti huzurida aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etiladi

'Samarqand davlat universiteti huzurida aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 iyul kuni qabul qilingan “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq universitet huzurida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Xalq ta`limi vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda fizika, matematika, kimyo va biologiya sohalariga ixtisoslashgan maktab faoliyati tashkil etiladi.

Bu haqida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati ma`lum qildi.

Eslatib o`tamiz, o`tgan yili Namangan davlat universiteti huzurida Ishoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internat faoliyati yo`lga qo`yilgan edi.

    Boshqa yangiliklar