AsosiyJamiyat

Toshkentda 45 qavatdan iborat 200 metrlik osmono`par bino quriladi

'Toshkentda 45 qavatdan iborat 200 metrlik osmono`par bino quriladi  'ning rasmi

"Tashkent City"ning hududida 200 metr uzunlikda bo`lgan 45 qavatli osmono`par bino quriladi. Bu haqda Tashkent City loyihasi Facebookdagi sahifasida ma`lumot berilgan.

Ushbu majmuada "A+" toifadagi biznes-markazlari, besh yulduzli Ritz Carlton oteli hamda butiklar galereyasi joylashadi.

Tashkent City loyihasi sahifasida osmono`par binolarning variantlari qo`yilgan. Internet foydalanuvchilari aksariyati birinchi variantdagi binoni qo`llab-quvvatlashgan.

Фото Tashkent City.

Фото Tashkent City.

Qurilish Murad Buildings kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Bino O`zbekistonda eng baland inshoot bo`ladi. Muhandislikning eng asosiy vazifasi – inshootning mustahkamligi. Mutaxassislar mintaqaning seysmiy hususiyatini hisobga olishadi.

Qurilishga halqaro mutaxassislar jalb qilingan. Xorijiy sheriklar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan.

Osmono`par binoning restoranidagi kuzatuv maydonchasidan shaharning ajoyib manzarasini kuzatish mumkin.

"Majmuaning quyi qavatlarida tantanalar zali, SPA salon, fitnes-klub, restoran, maishiy xizmat ko`rsatish markazlari va avtoturargoh joylashadi", - deyilgan xabarda.

Qurilish ishlari 2018 yil noyabr oyida boshlanadi.

Bundan avval, Tashkent City loyihasiga xorijiy kompaniyalr 1,3 milliard dollar investisiya kiritishga tayyor ekanligi haqida xabar berilgandi. Loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi, birinchi bosqichni 2,5 yildan so`ng yakunlash rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar