AsosiyJamiyat

Chilla Fest — 2018 yozning keng ko`lamli voqeasiga aylanishi kutilmoqda

'Chilla Fest — 2018 yozning keng ko`lamli voqeasiga aylanishi kutilmoqda'ning rasmi

29 iyul kuni toshkentliklar va poytaxt mehmonlarini beshta parkda ommaviy xalq sayillari, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo`jaev bilan teleko`prik, attraksionlar va boshqa ko`pdan-ko`p tomoshalar kutmoqda.

Festival kunlari parklar infratuzilmasi odatdagi rejimda ishlaydi. An`anaviy attraksionlardan tashqari soat 12:00 dan 20:00 gacha qo`shimcha axborot–ko`ngilochar zonalar ishlab turadi. Har bir parkda tashrif buyuruvchilarni quyidagilar kutadi:

  • raqs jamoalari va musiqa guruhlarining chiqishlari («Ko`k Choy», «Praym», Di Live band, «Sharqoniy Navo», «Novella»);
  • tomoshalarni olib boruvchilarning tanlovlari, raqs fleshmoblari va fokuschilar shoulari;
  • ijodiy master-klasslar va feys-artlar;
  • hordiq zonalari;
  • oilaviy timbildinglar;
  • ochiq osmon ostidagi kinoteatrlar;
  • bolalar estafetalari (mega-labirintlardan tortib to suvdagi musobaqalargacha);
  • kvestlar;
  • hajmiy fotozonalar;
  • animatorlar va xodulchilar;
  • krio-shou;
  • qo`g`irchoq teatrlari;
  • sovrinlar.

Tadbirning ommaviy tus olishi munosabati bilan Toshkent shahar hokimiyati ota-onalardan quyidagi xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlarini so`raydi:

  1. Bolalarni qarovsiz qoldirmang, bola har doim ko`z o`ngingizda bo`lsin;
  2. Parkka kirishdan oldin bolani telefonda suratga tushiring. Agar farzandingiz yo`qolib qolsa, sizda bolaning eng so`nggi shu yo`qolgan vaqtidagi kiyimda tushgan surati bo`ladi;
  3. Bola yo`qolib qolmasligi uchun unga orqada yurishga ruxsat bermang, uni doim o`zingizdan oldinda tuting;
  4. Farzandingizga, mabodo adashib qolsa, darhol festival muvofiqlashtiruvchisiga murojaat qilishi zarurligini oldindan tushuntirib qo`ying. Muvofiqlashtiruvchilarni brendlangan futbolkalaridan bilib olsa bo`ladi. Yo`qolgan bolalarni ota-onalari bilan uchrashish uchun ajratilgan maxsus joyga olib kelishadi;
  5. Bolaning cho`ntagiga o`z telefon raqamingiz yozilgan qog`ozchani qo`yib qo`ying, festival muvofiqlashtiruvchilari shunda siz bilan osongina ulanishadi.

Mashinalarni qo`yishga joy muammosini kamaytirish uchun Toshkent shahar hokimiyati taksi yoki jamoat transporti xizmatidan foydalanishni tavsiya etadi.

Eslatib o`tamiz, Chilla Fest — 2018 festivali Toshkentning quyidagi beshta parklarida bo`lib o`tadi: «Lokomotiv», Central Park, Abdulla Qodiriy nomli, «Anhor-Lokomotiv», Green Park.

    Boshqa yangiliklar