Samarqand viloyatida mudhish qotillik oshkor etildi. Fuqaro N.Rahimov rashk tufayli xotinini o`ldirib, o`ziga tegishli do`konga ko`mib qo`yadi.
Er-xotin o`rtasida to`ydan qaytayotganda Tayloq tumani Gulobod mahallasida joylashgan aholiga xizmat ko`rsatish uchun mo`ljallangan oshxonada janjal yuzaga keladi.
N.Rahimov mast holatda turmush o`rtog`i M. Rahimova bilan o`zaro janjallashib, uning yuz qismiga qo`li bilan urib yuboradi. Musht zarbidan erga yiqilgan jabrlanuvchining qorin, bel sohalariga va tanasining boshqa qismlariga tepib, bo`g`ib jarohat etkazgan. N. Rahimov ertasi kuni turmush o`rtog`ining vafot etganini biladi va jasadni yashirishga urinadi.
Tunda xotinining jasadini hali qurib bitkazilmagan do`kon uchun tayyorlangan xonaning burchagida 70 smli chuqur qazib, ko`madi.
U bir yil davomida farzandlari va mahalla ahliga turmush o`rtog`ini Rossiyaga ketib qoldi deb aytadi.
2017 yilning 22 avgustida yuz bergan ushbu holat 2018 yilning 13 fevraligacha sirligicha qoladi.
Jinoyat ishlari bo`yicha Tayloq tuman sudida bo`lib o`tgan sud jarayonida sodir bo`lgan holatlar atroflicha o`rganilib, sudlanuvchi N. Rahimovga 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
08.08.2022, 10:18
Farg`onada daraxtlar ommaviy qirg`in qilinmoqda, deya yozmoqda deputat Rasul Kusherbaev.Deputatga kelgan murojaatga ko`ra, Farg`ona viloyati, O`zbekiston tumani, Qir ketmon mahallasida qimmatbaho daraxtlar ommaviy qirg`in qilinmoqda....06.08.2022, 10:30
Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi Chortoq mahallasi hududida chiqindi bilan bog`liq yana bir holat aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot...05.08.2022, 12:03
Senatning 29-yalpi majlisida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov O`zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risidagi milliy ma`ruzasi bahs-munozaraga aylanib ketdi.Agentlik rahbarining so`zlariga ko`ra, korrupsiyaga oid...04.08.2022, 12:34
Ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumanidagi viloyat 2-asab-ruhiy kasalliklar dispanserida ayrim bemorlar erda uxlashayotgani aks etgan video tarqaldi.Mazkur murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati...