AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda ovsinlarning janjali o`lim bilan yakunlandi

'Qashqadaryoda ovsinlarning janjali o`lim bilan yakunlandi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatida ovsinlar o`rtasidagi janjal yakunida ularning biri halok bo`ldi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

25 iyul kuni Nishon tumanida yashagan N.M. ismli ayol uyi orqa tomonida birga yashovchi ovsini A.O. bilan o`zaro janjalashib, unga pichoq bilan o`qtalgan va A.O., N.M.ning qo`lini qayirib itarib yuborgan vaqtida pichoq uning chap oyoq qismiga kirib ketgan.

Natijada N.M. kasalxonaga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay halok bo`lgan. A.O. qo`lga olingan.

    Boshqa yangiliklar