Tojikiston Milliy aviakompaniyasi Dushanbe-Samarqand yo`nalishida yangi aviaqatnovni yo`lga qo`ydi. Ilk parvoz joriy yilning 28 iyul sanasida mahalliy vaqt bilan 9.00 da Dushanbe xalqaro aeroportidan «Boeing 737-300» avialaynerida amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda O`zA.
Qayd etilishicha, parvoz davomiyligi 45 daqiqani tashkil etib, bir tomonning aviachipta narxi 684 somoniy ( 565 ming so`m atrofida).
Dushanba-Samarqand yo`nalishidagi ikkinchi aviaqatnov 4 avgust sanasida amalga oshiriladi.
Eslatib o`tamiz, 2017 yilning aprel oyida Toshkent va Dushanbe shaharlari o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnov yo`lga qo`yilgan edi.
27.07.2018 12:55
Dushanbe-Samarqand yo`nalishida aviaqatnov ochildi. Ertaga ilk parvoz






