AsosiyJamiyat

Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobil nazorati xodimlari "ArMI—2018"da ishtirok etmoqda

'Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobil nazorati xodimlari "ArMI—2018"da ishtirok etmoqda'ning rasmi

Moskva oliy umum qo`shin qo`mondonlik bilim yurtiga qarashli “Noginsk” poligonida “ArMI—2018” Xalqaro armiya o`yinlari doirasida bo`lib o`tayotgan “Yo`l patruli” musobaqasining ochilish marosimi bo`lib o`tdi va bellashuvga start berildi. Bu haqda vazirlik matubot xizmati xabar berdi.

Ta`kidlash kerakki, o`zbekistonlik harbiy xizmatchilar ham Xalqaro armiya o`yinlarining mazkur yo`nalishida ikkinchi bor ishtirok etmoqda. O`tgan yilda 3-o`rinni qo`lga kiritgan edi.

Musobaqani o`tkazishdan asosiy maqsad harbiy polisiya yo`nalishida harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirish, xizmatchilarning professional tayyorgarlik darajasini oshirish va harbiy avtotransport vositalaridan foydalangan holda yo`l harakati xavfsizligini ta`minlashdan iborat.

O`zbekiston Mudofaa vaziri Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi boshlig`i podpolkovnik Bahodir Annaev mazkur tanlovda guruh rahbari sifatida ishtirok etmoqda.

Tanlovning ochilish marosimi yakunida tomoshabinlar e`tiboriga harbiy avtomobillar inspeksiyasi guruhi tomonidan “avtomobilvalsi” hamda “gumanitar kolonnaga hujum qilgan terrorchilar xavfini bartaraf etish” nomli ko`rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

“Mutaxassislar bellashuvi” va “Harbiy-texnik estafeta” yo`nalishlari bo`yicha o`tkazilayotgan musobaqa 5 avgustga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar