Ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning olti oyida qayd etilgan oilaviy ajrimlar soni 16 ming 449 tani tashkil etgan. Bu o`tgan yilning shu davri bilan solishtirganda 871 taga ko`p demakdir.
Shu bois ham oilaviy ajrimlarning sabablari o`rganildi. Ajrimlarga eng ko`p sabab bo`layotgan omillar quyidagilar:
1.Uy-joy masalasi;
2. Ishsizlik;
3. Moddiy etishmovchilik;
4.Yoshlarning mustaqil hayotga tayyor bo`lmasdan oila qurishi;
5.Er yoki xotinning ishlash uchun boshqa mamlakatlarga ketib qolishi;
6. Oilada ma`naviy-axloqiy muhitning yomonligi;
7.Oilaga tashqaridan boshqa shaxslarning aralashuvi;
8.Qaynona-kelin munosabatlari;
9.Oila qurishdan oldin kelin-kuyovning oilaviy sharoiti, xizmat vazifasining xususiyatlari (masalan, harbiylarning) haqida ma`lumoti yo`qligi;
10. Oilaviy qadriyatlarga bepisandlik.






