AsosiyJamiyat

Mudofaa vazirligida “Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovining okrug bosqichi o`tkazildi

'Mudofaa vazirligida “Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovining okrug bosqichi o`tkazildi'ning rasmi

2 avgust kuni Toshkent harbiy okrugi harbiy qism va muassasalari miqyosida “Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovi o`tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu tadbirda Toshkent harbiy okrugi qo`mondonligi, O`zbekiston xalq shoirilari Mahmud Toir va Zulfiya Mo`minova, O`zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a`zosi Dilorom Ismoilova, Mudofaa vazirligi xuzuridagi Jamoatchilik kengashi mintaqaviy bo`limi a`zosi Qaxramon Haydarov, O`zbekiston yoshlar ittifoqi Chirchiq shahar kengashi raisining o`rinbosari Nargiza Kenjaevalar ishtirok etdi.

Tanlovda harbiy qismlarda o`tkazilgan bellashuvlarda g`oliblikni qo`lga kiritgan 20 nafar harbiy xizmatchilar o`zaro bellashdilar.

Yakuniy natijalarga ko`ra, muddatli harbiy xizmatchi oddiy askarlar Bog`ibek Ashirov 1-o`rinni, Botir Ro`ziev 2-o`rinni, Abror Yuldashev 3-o`rinni egalladi.

Shuningdek, Markaziy harbiy okrugda ham tanlovning navbatdagi bosqichi bo`lib o`tdi. Samarqanddagi “Kitob olami” ma`naviy-ma`rifiy savdo majmuasida o`tkazilgan tanlovda harbiy qism va muassasa vakillari ishtirok etib, “O`zbek adabiyoti bilimdoni”, “Jahon adabiyoti bilimdoni” va “Buyuk mutafakkir va adib” shartlari bo`yicha o`zaro bilimlarini sinovdan o`tkazdi.

O`tkazilgan tanlov yakunida faxrli 1-o`rin muddatli harbiy xizmatchi oddiy askar Sherzod Begamovga nasib etgan bo`lsa, 2-o`rinni oddiy askar Oybekjon Oripov egalladi. Oddiy askar Nurali Mo`minov kuchli uchlikka yakun yasadi.

Tanlov g`oliblari okrug qo`shinlari qo`mondonlarining faxriy yorliqlari va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

Mazkur tanlovning keyingi bosqichi, shuningdek Janubi-g`arbiy maxsus, Sharqiy va Shimoli-g`arbiy harbiy okruglarda ham o`tkazildi.

Eslatib o`tamiz,“Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 maydagi “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o`rganish va targ`ib qilish maqsadida yoshlar o`trasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to`g`risida”gi 3721-sonli qarorining ijroisini ta`minlash bo`yicha o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar