1

Kosta-Rikada 2 tonna giyohvand modda musodara qilindi

Dunyo 04.08.2018, 06:46
Kosta-Rikada 2 tonna giyohvand modda musodara qilindi

Kosta-Rikada huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor amaliyot chog`ida umumiy vazni ikki tonnaga teng kokain moddasi qo`lga kiritildi, deya xabar bermoqda Rossiya 24 nashri.

Mazkur giyohvand moddalar Tinch okeani orqali mamlakatga olib kirishga urinilgan. Kokain dori-darmon vositalari orasiga yashirilgani xabar qilinmoqda. Yukni sohilga 4 ta motorli qayiqlarda olib kelishgan. Kokain radarlar yordamida aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan 3 nafar Kolumbiya qufarolari Kosta-Rika polisiyasi tomonidan hibsga olindi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, jinoiy to`da AQShdan mamlakatga okean orqali munatazam ravishda giyohvand moddalar olib kirgan. Qo`lga olingan 2 tonna kokain esa yoqib yuborildi. Ma`lumotlarga ko`ra, so`nggi 10 kun ichida Kosta-Rikada o`tkazilgan tezkor amaliyot chog`ida umumiy hisobda 6,7 tonna giyohvand moddalar aniqlanib, musodara qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1