AsosiyJamiyat

"O`zbekneftgaz" fuqarolarga bepul benzin tarqatilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

'"O`zbekneftgaz" fuqarolarga bepul benzin tarqatilishi haqidagi xabarlarni rad etdi'ning rasmi

"O`zbekneftgaz" AJ ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarga benzin tarqatilishi haqidagi xabarlarni rad etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar va ba`zi messenjerlarda kompaniyaning 25 yilligi munosabati bilan barchaga 200 litrdan AI-95 markali benzin beriladi, mazmunida xabarlar paydo bo`ldi. Xabarda maxsus kuponga havola ko`rsatilgan bo`lib, unda olti savolga javob berish va do`stlar bilan bo`lishish taklif etilgan.

"O`zbekneftgaz" AJ ushbu xabarlarni rad etadi va fuqarolarni tarqatilayotgan turli ma`lumotlarga ishonmaslikka chaqiradi. Kompaniya faoliyatiga oid barcha tasdiqlangan ma`lumotlar rasmiy sayt www.ung.uzda e`lon qilib boriladi", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar