AsosiyJamiyat

O`zbekiston yo`llarida bir hafta ichida YTHlarda 44 kishi halok bo`ldi

'O`zbekiston yo`llarida bir hafta ichida YTHlarda 44 kishi halok bo`ldi 'ning rasmi

O`tgan haftada O`zbekiston yo`llarida 160 ta yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi, deb xabar qildi O`zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Ushbu hodisalarda 44 nafar fuqaro halok bo`lib, 142 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Hafta davomida yo`l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 86171 ta qoidabuzarliklar aniqlanib, bu qoidabuzarliklarning 40362 tasini qo`pol qoidabuzarliklar tashkil etadi.

Jumladan, 1596 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqarganligi, 11916 nafar haydovchi belgilangan tezlik talablarini buzganligi, 1168 nafar haydovchi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga rioya etmasdan chorrahalardan o`tish qoidasini buzganligi, 11827 nafar haydovchi odam tashish qoidasini buzganligi, 254 nafar haydovchi temir yo`l kesishmalaridan o`tish qoidasini buzganligi uchun to`xtatildi va ularga nisbatan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, transport vositasi oynalarini me`yoridan ortiqcha qoraytirgan 679 nafar, harakat vaqtida telefondan foydalangan 908 nafar va xavfsizlik kamarlarini taqmasdan harakatlangan 15416 nafar haydovchiga nisbatan ham tegishli choralar ko`rilgan.

    Boshqa yangiliklar