AsosiyJamiyat

Qonunchilik aliment to`lashdan bo`yin tovlashga yo`l qo`ymaydi!

'Qonunchilik aliment to`lashdan bo`yin tovlashga yo`l qo`ymaydi!'ning rasmi

Adliya vazirligi “Huquqiy axborot” kanalida fuqarolarga aliment bilan bog`liq qonunchilikdagi normalarni yana bir karra eslatdi.

Aliment to`lash bo`yicha sud qarorini bajarishdan bo`yin tovlagan shaxslar ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi, ma`muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Bunda ma`muriy jazo sifatida o`n besh sutkaga ma`muriy qamoqqa olish belgilanadi.

Ma`muriy qamoq qo`llanilishi mumkin bo`lmagan shaxslar (homilador yoki uch yoshgacha bolasi bo`lgan ayollar, o`n to`rt yoshgacha bo`lgan bolasini o`zi tarbiyalayotgan shaxslar, o`n sakkiz yoshga to`lmagan shaxslar, I va II guruh nogironlari) esa eng kam ish haqining yigirma baravari (3 686 000 so`m) miqdorida jarima to`laydi.

Agar ma`muriy jazo qo`llanilgandan keyin ham shaxs bolaga aliment to`lamasa unda jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Jinoiy jazo ushbu jinoyat uchun ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish deb belgilangan.

Agar shaxs aliment bo`yicha qarzdorlikni to`liq qoplagan bo`lsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.

    Boshqa yangiliklar