Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetida “O`zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o`rganish va targ`ib qilishning dolzarb masalalari“ mavzusida xalqaro konferensiya o`z ishini boshladi, deb xabar bermoqda "Xalq so`zi" nashri.
Tadbirda 20 dan ortiq davlatdan shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar ishtirok etmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur anjuman ma`naviy hayotimizda muhim voqealardan biri bo`lishi shubhasiz.






