AsosiyJamiyat

AQShdan kelgan o`zbekistonlik yuqori lavozimga tayinlandi

'AQShdan kelgan o`zbekistonlik yuqori lavozimga tayinlandi'ning rasmi

Ulug`bek Qosimxo`jaev O`zbekiston Respublikasi Davlat turizm qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda qo`mita saytida xabar berildi.

Ulug`bek Qosimxo`jaev 1978 yili Andijonda tug`ilgan. 2000 yili «Umid» dasturi bo`yicha AQShning Peys universitetining biznes fakultetini tamomlagan. 2000 yildan 2002 yilgacha Andijon viloyati hokimligida, 2002-2005 yillarda Vazirlar Mahkamasining ijro apparatida ishlagan.

2005 yili u Barri universitetida magistraturaga o`qishga kiradi. O`qishni tamomlaganidan keyin to 2013 yilga qadar Barri va Zanderberd universitetlarida dars beradi. So`ng bir yil davomida investisiya kompaniyasi direktori lavozimida ishlaydi. 2014 yildan esa turizm va xususiy mulk sohasidagi investision kompaniyani boshqaradi.

Ulug`bek Qosimxo`jaev Davlat turizm qo`mitasida turizm sohasiga investisiyalarni jalb qilish, xalqaro moliyaviy institutlar bilan aloqalarni yo`lga qo`yish, shuningdek milliy turizm brendini targ`ib qilish bilan shug`ullanadi.

    Boshqa yangiliklar