7 avgust kuni soat 22:00dan boshlab Nukus – Amir Temur chorrahasidan Amir Temur ko`chasi bo`ylab Amir Temur maydoniga qadar avtotransportlar qatnovi to`xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ko`chalarning bu qismida yo`l harakati boshqarmasi texnik vositalaridan foydalanish departamenti yo`l belgilarini yangilash, ta`mirlash ishlarini olib boradi.







