Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga qilingan suiqasddan so`ng, Maduroning yuzlab tarafdorlari uni qo`llab-quvvatlash maqsadida turli namoyishlar o`tkazishmoqda, deya xabar bermoqda Vesti nashri.
Nikolas Maduroga qilingan suiqasd besamar ketgan bo`lsa-da, ushbu holat yana sodir bo`lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Mazkur voqeadan keyin Maduroni qo`llab-quvvatlovchi venesuelaliklar Karakas ko`chalariga chiqishdi. Ular o`z rahbarlarini himoya qilishga tayyor ekanliklarini ko`rsatishmoqda.
Namoyish ishtirokchilari turli yozuvli banner va plakatlarni ko`tarib olishgan. Odamlar “Maduro mamlakatdagi inqirozga qarshi kurashyapti”, “Korrupsiyani oldini olishga harakat qilyati”, deya takrorlashmoqda. Ular Maduroga qilinigan hujum – bu hukumatga va davlatga qilingan hujum ekanini aytishmoqda. Rasmiy Karakas mazkur voqea uchun AQSh va Kolumbiyani ayblamoqda. Kolumbiya hukumati esa barcha aylovlarni rad etib, ushbu suiqasdga aloqasi yo`qligini ma`lum qilgan.






