AsosiyDunyo

Indoneziyadagi zilzila oqibatida 100 kishi halok bo`ldi

'Indoneziyadagi zilzila oqibatida 100 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Indoneziyaning Lombok orolida ro`y bergan zilziladan so`ng sayyohlar orasida vahimali holat yuzaga keldi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.

Xorijliklar iloji boricha tezroq orolni tark etishga harakat qilishmoqda.

Lombok va Ballida sodir bo`lgan 7 ballik er silkinishi katta talofatlarni keltirib chiqardi. Lombok xalqaro aeroporti esa tabiiy ofatdan omon qolgan sayyohlar bilan gavjum. So`nggi 24 soat ichida ko`plab reyslar bekor qilinib, turistlar shu erning o`zida parvozlar qayta yo`lga qo`yilishini kutishmoqda. Bu esa shundoq ham og`ir sharoitda ishlayotgan aeroport faoliyatini yanada qiyinlashtirmoqda. Kutish zallarida odamning haddan ziyod ko`pligi tartibsizlikni yuzaga keltirgan.

Sayyohlar aeroportdan tashqariga chiqishni istashmayapti. Ular zilzila takroran sodir bo`lishidan havotirda. Ma`lumotlarga qaraganda, silkinish oqibatida 1 nafar afg`onistonlik sayyoh halok bo`lgan. Lombok bo`ylab hamon qutqaruv ishlari damom etmoqda. Eng so`nggi xabarlarga ko`ra, qurbonlar soni 100 ga etgan.

    Boshqa yangiliklar