AsosiyDunyo

Italiyada portlash ro`y berdi

'Italiyada portlash ro`y berdi'ning rasmi

Italiyaning Bolonya shahrida portlash sodir bo`ldi, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.

Shundan so`ng katta alanga kelib chiqqan.

Shaharning shimoli-sharqidagi trassada neft tankeri yo`l-transport hodisasiga uchrab, portlab ketgan. Ketma-ket sodir bo`lgan portlash esa hududda ulkan yong`in kelib chiqishiga olib keldi. Olov yaqin oradagi avtomobillarni ham o`z domiga tortgan. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo`lib, 60 dan ortiq inson jarohatlangan.

Yaradorlarning 11 nafari polisiya xodimlari ekani xabar qilinmoqda. Portlash Bolonya aeroporti yaqini ro`y bergani sabab bu holat aeroport faoliyatiga ham salbiy ta`sir ko`rsatgan. Hozirda hudud atrofidagi barcha transport qatnovlari vaqtincha to`xtatildi. Ma`lumotlarga ko`ra, neft tankeri yuk mashinasi bilan to`qnashib ketgan.

    Boshqa yangiliklar