Xitoyning Mo`g`uliston avtonom tumanida kuchli tornado sodir bo`ldi, deb xabar qilmoqda Segodnya.ua nashri.
U 10 daqiqadan ortiq davom etgan. Bo`ron turli talofatlar keltirib chiqargan bo`lsa-da, odamlar zarar ko`rgani yo`q. Meteorologiya sohasi xodimlari tornado tarkorlanishi va uning ortidan yog`ingarchilik boshlanishini xabar qilishmoqda. Ushbu hududda tornado ro`y berishi kamyob holat sifatida qayd etilgan.






