AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik hojilar Saudiya shahzodasining e`tirofiga sazovor bo`lishdi

'O`zbekistonlik hojilar Saudiya shahzodasining e`tirofiga sazovor bo`lishdi'ning rasmi

Madina shahri amiri Faysal ibn Salmon tomonidan Saudiya Arabistoni Podshohligiga dunyoning turli davlatlaridan kelgan Haj delegasiyalari rahbarlari uchun o`tkazilgan qabul marosimida O`zbekistondan “Haj—2018” mavsumi ishchi guruhi rahbari, Din ishlari bo`yicha qo`mita raisi o`rinbosari Nuriymon Abulhasan ham ishtirok etdi, deb yozadi O`zA.

Qabul marosimida Nuriymon Abulhasan va Faysal ibn Salmon o`rtasida o`zaro muloqot tashkil etilib, Shahzoda o`zbekistonliklarni eng tartibli hojilar, deb e`tirof etdi.

Faysal ibn Salmon O`zbekistonni qadim tarixga ega davlat sifatida ko`rishini ta`kidlab, bu yurtda etishib chiqqan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Hakim Termiziy kabi buyuk allomalarning ilmiy merosi hozirgi vaqtda butun dunyoga mashhur ekanligini alohida ta`kidladi.

Tadbir davomida Nuriymon Abulhasan Madina shahri amiri Faysal ibn Salmonga ko`rsatilgan hurmat-e`tibor uchun minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, Haj va Umra ishlari vaziri Solih Bintin bilan o`tkazilgan uchrashuvda O`zbekistonning Haj va Umra tadbirlari Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan Haj va Umra ishlari vazirligi bilan hamkorlikda namunali tashkil etilayotgani e`tirof etildi va minnatdorlik bildirildi.

Kelgusi yillarda o`zbekistonlik ziyoratchilar uchun Madina shahrida yaratilayotgan sharoitlarni takomillashtirish, xizmatlar darajasini yanada oshirish maqsadida Masjid un-Nabaviyga yanada yaqin va qulayroq haramdan 100 metr masofada joylashgan “Madina millenium”, “Zam-zam pulmon” va “Misbah tayyiba” mehmonxonalariga joylashtirish masalasi o`rganildi. Mazkur mehmonxonalar sharoitlari ko`zdan kechirildi.

    Boshqa yangiliklar