AsosiyJamiyat

2-son Respublika klinik shifoxonasiga yangi bosh vrach tayinlandi

'2-son Respublika klinik shifoxonasiga yangi bosh vrach tayinlandi'ning rasmi

Zulfiya Abdurahmonova 2-son Respublika klinik shifoxonasi bosh vrachi lavozimiga tayinlandi, vazirlik axborot xizmati.

Unga, avvalo, davolash ishlarida tibbiyotning zamonaviy va samarali texnologiyalarini keng joriy etish, jumladan, kordiologiya, nevrologiya, terapiya kabi qator yo`nalishlarni takomillashtirish strategiyasini ishlab chiqish, tibbiy radiologiya yo`nalishida ilmiy ishlarni rivojlantirish, davr talabiga mos malakali kadrlarni tayyorlash, xorijning nufuzli tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlagan holda, soha vakillarining xalqaro klinikalarda malaka oshirishlarini, chet el mutaxassislarining klinikada mahorat darslarini tashkil etish kabi vazifalar yuklatildi. Shuningdek, unga xalqqa yanada yaqinlashish, qog`ozda quruq hisobotlar bilan emas, balki amaliy natijalar bilan odamlar ishonchini qozonish, ular dardiga malham bo`lish kabi ustuvor yo`nalishlar ham belgilab berildi.

Ma`lumot o`rnida, Zulfiya Abdurahmonov bunga qadar mazkur klinik shifoxonaning davolash ishlari bo`yicha bosh shifokor o`rinbosari, shu bilan birga bosh shifokor vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar