AsosiyJamiyat

Azim Axmedxadjaev AKT vaziri lavozimidan ozod etildi

'Azim Axmedxadjaev AKT vaziri lavozimidan ozod etildi'ning rasmi

Azim Axmedxadjaev boshqa ishga o`tganligi munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimidan ozod etildi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar berdi.

«Raqamli iqtisodiyot O`zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. Uni amalga oshirish sohasidagi vakolatli organ sifatida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyot va blokcheynni rivojlantirish bo`yicha yangi blok tashkil qilmoqda. Davlatimiz rahbari farmoni bilan ushbu blokni Azim Axmedxadjaev boshqaradi», deyiladi vazirlik axborotida.

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri etib, O`zbekiston prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori vazifasida ishlab kelgan Shuhrat Sodiqov tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar