AsosiyJamiyat

8 avgustda davlat granti bo`yicha eng yuqori o`tish bali 184,3 ni tashkil etdi

'8 avgustda davlat granti bo`yicha eng yuqori o`tish bali 184,3 ni tashkil etdi'ning rasmi

Davlat test markazi tomonidan 9 avgust kuni e`lon qilingan Respublika oliy ta`lim muassasalariga kirish test sinovlarining sakkizinchi kuni natijalariga qaraganda, 8 avgustda davlat granti bo`yicha eng yuqori o`tish bali 184,3 ni, to`lov-kontrakt bo`yicha eng yuqori o`tish bali esa 138,3 ni tashkil qildi.

Test sinovlari 17 ta oliy ta`lim muassasalari bo`yicha o`tkazilgan va ularda 58 063 nafar abiturient ishtirok etgan.

O`rtacha o`tish bali - davlat granti bo`yicha 99,0 ni, to`lov-kontrakt bo`yicha esa 78,9 ni tashkil qildi.

Davlat grantiga oliy ta`lim muassasalari bo`yicha eng yuqori o`tish bali (184,3 ball) Urganch davlat universitetining “Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi” ta`lim yo`nalishida qayd etildi. To`lov-kontrakt bo`yicha eng yuqori o`tish bali esa (138,3 ball) Farg`ona davlat universitetining “Filologiya va tillarni o`qitish: o`zbek tili” ta`lim yo`nalishiga to`g`ri keldi.

Eslatib o`tamiz, Test sinovlari natijalari Davlat test markazining www.dtm.uz rasmiy veb sahifasida imtihon o`tgan kunning ertasigayoq e`lon qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar