AsosiyJamiyat

Test-2018: 9 avgust kuni 67 nafar abiturient bino ichida shpargalkadan foydalanishga yoki kimgadir yordam berishga uringan

'Test-2018: 9 avgust kuni 67 nafar abiturient bino ichida shpargalkadan foydalanishga yoki kimgadir yordam berishga uringan'ning rasmi

Respublika oliy ta`lim muassasalariga kirish test sinovlarining to`qqizinchi kunida 15 ta oliy ta`lim muassasalarining 95 ta ta`lim yo`nalishida 56 ming 642 nafar abiturient ishtirok etdi. Bu haqida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Aziz Abduhakimov o`zining Feysbukdagi sahifasida ma`lum qildi. Xabarda qayd etilishicha, 9 avgust kuni turli sabablarga ko`ra 1381 nafar abiturient test sinovlariga kelmagan.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 152 nafar abiturient, shundan 89 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o`zgani o`rniga kirishga uringanligi uchun, 67 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abiturientlarga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test natijalari Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta`minlagan holda Davlat test markaziga 18.30 dan qaytarish boshlandi. So`nggi materiallar Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatidan kechasi 24:00da etib keldi.

Etib kelgan test natijalari bo`yicha darhol kompyuter yordamida qayta ishlash jarayoni boshlandi.

9 avgust test natijalari bugun kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida e`lon qilinadi.

    Boshqa yangiliklar