AsosiyJamiyat

Prezident Shayxontohur tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid loyihalar bilan tanishdi

'Prezident Shayxontohur tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid loyihalar bilan tanishdi 'ning rasmi

Tumanning Oqlon mahallasida bo`sh turgan joyda texnopark tashkil etish loyihasi ulardan biri. Tijorat banklari ishtirokida bu erda to`qimachlik mahsulotlari, tayyor kiyim-kechak va sport tovarlari ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etish rejalashtirilgan. Bu mahalladagi xotin-qizlar va tuman yoshlarini ish bilan ta`minlashda muhim omil bo`ladi.

Shu erda engil sanoat tarmog`iga investisiyalar jalb etish, zamonaviy uy-joylar qurish, tibbiy diagnostika markazi va maktabgacha ta`lim muassasalari tashkil etish, asalni qayta ishlash va qadoqlashni yo`lga qo`yish bo`yicha rejalashtirilgan loyihalar namoyish etildi.

Davlatimiz rahbari sanoatni innovasion rivojlantirish, xorijiy tajribani o`rganib, mahsuldorlik va raqobatdoshlikni oshirish bo`yicha ko`rsatmalar berdi. Tadbirkorlarning innovasion loyihalarini qo`llab-quvvatladi.

    Boshqa yangiliklar