AQShda bir qiz shilqim yigitning dastidan jabr ko`rdi, deb xabar bermoqda Ren.tv nashri.
Beyli Kantrell Tennesi shtatidagi AZS avtoturargohiga mashinasini qo`yadi. Shu payt bir yigit kelib undan telefon raqamini so`raydi. Qiz bir necha marta uni rad etgach, jahl otiga mingan yigit avvaliga qizning mashinasi ustiga chiqib sakraydi, oynasini sindiradi, keyin mashinani tepishga tushadi.
Beyli “xirapashsha”ning dastidan boshqa tumanga ko`chib o`tishga majbur bo`ldi.






