AsosiyJamiyat

10 avgustdagi eng yuqori ko`rsatkich Urganch davlat universitetida qayd qilindi

'10 avgustdagi eng yuqori ko`rsatkich Urganch davlat universitetida qayd qilindi'ning rasmi

Davlat test markazi tomonidan e`lon qilingan respublika oliy ta`lim muassasalariga kirish test sinovlarining o`ninchi kuni natijalariga qaraganda davlat granti bo`yicha eng yuqori o`tish bali 171,4, to`lov-kontrakt bo`yicha eng yuqori o`tish bali esa 145,6 ni tashkil qildi.

Har ikki ko`rsatkich ham Urganch davlat universitetining «Filologiya va tillarni o`qitish: ingliz tili» ta`lim yo`nalishida qayd etildi. O`rtacha o`tish bali davlat granti –104,5, to`lov-kontrakt – 84,0 ni tashkil qildi.

Eslatib o`tamiz, 10-avgust kuni test sinovlari 18 ta oliy ta`lim muassasalari bo`yicha o`tkazildi va ularda 48 614 nafar abiturient ishtirok etdi.

Test sinovlari natijalarini Davlat test markazining www.dtm.uz rasmiy veb sahifasidan olish mumkin.

    Boshqa yangiliklar