AsosiyJamiyat

Test-2018: Qoidabuzarlar soni kamaymoqda

'Test-2018: Qoidabuzarlar soni kamaymoqda'ning rasmi

Respublika oliy ta`lim muassasalarida o`tkazilgan test sinovlari o`n birinchi kuni ham muvaffaqiyatli o`tdi, deb ma`lumot berdi, O`zbekiston Bosh vazirining o`rinbosari Aziz Abduhakimov o`zining Facebookdagi sahifasida.

11 avgust kuni 12 ta oliy ta`lim muassasalarining 51 ta ta`lim yo`nalishida 24 ming 259 nafar abiturient ishtirok etdi, turli sabablarga ko`ra 670 nafar abiturient test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 58 nafar abiturient, shundan 33 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o`zgani o`rniga kirishga uringanligi uchun, 25 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abiturientlarga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test natijalari Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta`minlagan holda Davlat test markaziga 18.30 dan qaytarish boshlandi. So`nggi materiallar Farg`ona vodiysidan 2:00da etib keladi.

11 avgust test natijalari 12 avgust kuni kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida e`lon qilinadi.

    Boshqa yangiliklar