AsosiyDunyo

Evropa Ligasi matchlaridan birida sudyaning boshi yorildi (Video)

'Evropa Ligasi matchlaridan birida sudyaning boshi yorildi (Video)'ning rasmi

Avstriyaning Grase shahrida bo`lib o`tgan “Shturm” va “AEK” jamoalari o`rtasidagi matchda arbitr yordamchisi kutilmaganda jarohat olgani tufayli o`yinni to`xtatishga to`g`ri keldi, deya xabar bermoqda Tvzvezda.ru nashri.

Avstriya va Kipr jamoalari o`rtasidagi match paytida sudya yordamchisi Frederik Klyuver boshidan qon oqib, erga yiqiladi. Ma`lum bo`lishicha, muxlislardan biri uning boshiga shisha idish otgan ekan. O`yin to`xtatilib, Klyuverga tibbiy yordam ko`rsatildi.

Aybdor muxlis esa yashirishga uringaniga qaramay, kuzatuv kamerasi orqali topilib, qo`lga olindi.

Match esa 2:0 hisobida “AEK” jamoasi foydasiga hal bo`lgan.

Boshqa yangiliklar