Gollivud aktyori Bred Pitt Anjelina Jolining aliment borasidagi da`volariga sobiq turmash o`rtog`iga 9 million dollar to`laganini ma`lum qildi, deb xabar berdi NBC nashri.
Pitt va Joli nikohni bekor qilish jarayonida. Aktrisa va rejissyor Anjelina Joli 2016 yili noyabr oyida sudga ajrashish haqida ariza topshirgan edi.
Bundan sal avvalroq atkrisa Pittni ayblab, u bolalari va o`ziga hech qanday summa ajratmaganini bildirgan edi.
Javoban Pittning advokatlari aktyor Joliga hozirda ona bolalar yashab turgan uy uchun 8 million dollar, qolaversa, ularning hisoblariga 1,3 million dollar ajratganini ma`lum qilishdi.
Oqibatda esa Joli ajarashish jarayoni borasida OAVga yolg`on xabarlar tarqatishda ayblanmoqda.






