AsosiyJamiyat

Qizlar salomatligi markazi bo`limlari tashkil etildi

'Qizlar salomatligi markazi bo`limlari tashkil etildi'ning rasmi

2017 yil 5 yanvarda sog`liqni saqlash sohasi vakillari bilan o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarimiz salomatligiga alohida e`tibor qaratish, bunda milliy mentalitetimizdan kelib chiqqan holda, qulay sharoitlar yaratish lozimligiga alohida e`tibor qaratilgan edi...

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan joriy yil 2 fevralda qabul qilingan “Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmonga ko`ra, xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila instituti mustahkamlash maqsadida kompleks chora-tadbirlar dasturi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 mayidagi “Qizlar va fertil yoshidagi ayollarga ko`rsatiladigan akusher-ginekologik va tibbiy yordam xizmatlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori yuqoridagi vazifalar ijrosida huquqiy asos bo`lib xizmat qildi.

– Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasining bolalar ginekologiyasi bo`limi negizida Respublika qizlar salomatligi markazi, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazlari hamda Toshkent shahar o`smirlar dispanserining bolalar ginekologiyasi bo`limlari negizida qizlar salomatligi markazlari faoliyat boshladi. Bundan tashqari, qizlarimizga malakali ginekologik ambulator yordam ko`rsatish maqsadida barcha tuman va shaharlardagi ko`ptarmoqli markaziy poliklinikalarda qizlar salomatligi bo`limlari tashkil etildi, – deydi Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosar Elmira Basitxanova. – Maqsadimiz mamlakatimizdagi 5 milliondan ziyod 18 yoshgacha bo`lgan qizlarni qamrab olishdir. Ushbu markazlar qiz bolalar va o`smir qizlarga yuqori texnologik, ixtisoslashtirilgan malakali tibbiy yordam ko`rsatishning zamonaviy infrastrukturasini rivojlantirishda alohida o`rin tutadi. Keyinchalik ushbu markazlarga bo`lgan talabga qarab, faoliyat qamrovini yana kengaytirib borish ham ko`zda tutilgan.

Qayd etish joizki, Qizlar salomatligi markazlari qiz bolalar va o`smir qizlarga maxsus tibbiy yordam ko`rsatish, bolalar ginekologiyasi bo`yicha yuqori texnologiyalarga asoslangan o`quv,ilmiy va moddiy-texnika bazani shakllantirishga yo`naltirilgan. Bundan tashqari, to`plangan tajribani respublika sohaviy muassasalariga etkazish, shuningdek, bolalar ginekologiyasi sohasidadiagnostika, davolash, profilaktika va reabilitasiya bo`yicha yuqori texnologiyalarga asoslangan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam berish borasida ham faoliyat olib boradi.

    Boshqa yangiliklar