AsosiyJamiyat

O`qituvchilarning maoshi 49%gacha oshiriladi

'O`qituvchilarning maoshi 49%gacha oshiriladi'ning rasmi

Prezident Sh.Mirziyoev 13 avgust kuni “Yoshlarni ma`naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta`lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqida Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduxakimov xabar qildi.

Qarorga ko`ra, umumiy o`rta ta`lim muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari 2018 yil 1 sentyabrdan boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun 1,1 baravarga, yuqori sinf o`quvchilariga uchun o`rtacha 1,24 baravargacha, direktor, uning o`rinbosarlari va axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilari uchun 1,1 baravarga oshirildi.

2019 yil 1 yanvardan oliy toifali o`qituvchilar uchun 1,25 baravarga, birinchi toifali o`qituvchilar uchun 1,2 baravarga, ikkinchi toifali o`qituvchilar uchun 1,15 baravarga, mutaxassis o`qituvchilar uchun 1,1 baravarga, direktor, uning o`rinbosarlari, axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilari uchun 1,1 baravarga oshirildi.

Natijada, ustamalar, sinf rahbarligi va daftar tekshirganlik uchun to`lanadigan to`lovlarni hisobga olgan holda:

- boshlang`ich sinf o`qituvchilarining bazaviy tarif stavkalari toifalar bo`yicha o`rtacha hisobda 24 foizdan 39 foizgacha;

- yuqori sinf fan o`qituvchilarining bazaviy tarif stavkasi 37 foizdan 49 foizgacha;

- maktab direktori va ularning o`rinbosarlariniki o`rtacha 27 foizga;

- axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilarniki o`rtacha 26 foizga oshirildi.

    Boshqa yangiliklar