AsosiyJamiyat

Uychi tumaniga yangi hokim tayinlandi

'Uychi tumaniga yangi hokim tayinlandi'ning rasmi

2018 yil 14 avgust kuni Xalq deputatlari Uychi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Bu haqda Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati ma`lum qildi.

Uni Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputati Fazliddin Muhiddinov olib bordi.

Sessiyada tashkiliy masala ko`rildi. Kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a`zosi Xayrullo Bozorov so`zga chiqdi.

2017 yildan Namangan viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlab kelayotgan Muxammadayubxo`ja Po`latovich Apaqov Uychi tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, viloyat hokimining shu haqdagi qarori sessiyada bir ovozdan tasdiqlandi.

    Boshqa yangiliklar