Amerikaning Yuta shtatidagi Peyson shahrida yashovchi erkak rafiqasi va farzandi o`tirgan uyga engil motorli Cessna 525 samolyotida uchib kelib urildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Polisiyaning xabar berishicha, samolyot shturvalini boshqargan Dueyn Yud voqea joyida halok bo`lgan. Uyning bir qismi buzilib, yong`in ko`tarilganiga qaramay, uning rafiqasi va farzandi jabrlanmagan.
Samolyot Yudning ish beruvchisiga tegishli bo`lgan. 47 yoshli amerikalik tajribali uchuvchi hisoblangan.
Ma`lum bo`lishicha, uchuvchi mast holatda rafiqasiga tashlangan.
Birmuncha vaqtdan so`ng polisiya mahkamasidan chiqqandan so`ng Dueyn Fork-Springvill aeportiga yo`l olib, samolyotga o`tirib, shturvalni o`z uyi tomon burgan.






