AsosiyDunyo

Hindistonda kalamushning belidan soya o`simligi o`sib chiqdi (Video)

'Hindistonda kalamushning belidan soya o`simligi o`sib chiqdi (Video) 'ning rasmi

Hindistonda bir kalamushning belidan soya o`simligi o`sib chiqdi, deya xabar bermoqda LADBible portali.

Madxya-Pradesh shtatida istiqomat qiluvchi fermer Datar Singx (Datar Singh) tongda o`z dalasini ko`zdan kechirayotib, ushbu g`aroyib hayvonga ko`zi tushgan. Shundan so`ng u lolu hayron bo`lib qo`shnilarni chaqirgan.

Singx kalamushning belidagi yaradan o`simlikni olib tashlagan.

Barnagar shahri Kollejining biologiya kafedrasi mudiri Siddiqiyning ta`kidlashicha, kemiruvchi jonivorning omadi kelgan, negaki o`simlik ildizlari uning miyasiga etib bormagan.


Boshqa yangiliklar