Shotlandiyalik bir erkak oyoq kiyimining o`lchami katta bo`lganligi tufayli yillar davomida ishsiz yuribdi, deya ta`kidlamoqda The Sun nashri.
39 yoshli Devid Xenderson (David Henderson)ning oyoq kafti 30 santimetrga etadi, eni esa 18 santimetr. Uning oyog`iga faqatgina 55-o`lchamdagi Adidas krossovkalari to`g`ri kelgan.
Devidning oyog`iga mos o`lchamdagi qora tuflilar topilmagani uchun u ko`pincha ishga kirish maqsadida suhbatdan o`tishga ham borolmaydi.
Garchi London shahrida 1,5 ming funt sterling evaziga qora terili tufli tikib beradigan kosib topilgan bo`lsa-da, Devidning cho`ntagi buni ko`tarmaydi.






