Juda kam uchraydigan tug`ma kasallik tufayli Polshaning Olesnisa shahrida istiqomat qiluvchi 25 yoshli yigit 12 yoshli bolaga o`xshab qolgan, deya ma`lum qilmoqda Daily Mail nashri.
Tomash Nadolskiy (Tomasz Nadolski) Fabri xastaligidan aziyat chekadi. Doimiy og`riqlar tufayli u uzzukun og`riq qoldiruvchi dorilar ichishga majbur.
Tomash hatto ovqatlanishga ham qiynaladi, kun davomida 20 soat tomizg`ich tagida yotishga mahkum.
Tomash etti yoshligida kasallikning ilk alomatlari paydo bo`lgan.
Ko`pincha Tomash jamoatchilik orasida qalbaki hujjatdan foydalanishda ayblanadi, negaki uning tashqi ko`rinishi voyaga etgan odamnikidek emas.






