AsosiyDunyo

Tailandlik ayol superelim tufayli kipriklaridan ayrildi

'Tailandlik ayol superelim tufayli kipriklaridan ayrildi 'ning rasmi

Tailandning Pxuket shahrida bir ayol superelim tufayli kipriklaridan ayrildi, deya yozmoqda Lenta.ru nashri.

35 yoshli Benyapa Supap (Benyapa Supap) kipriklarini o`stirish uchun go`zallik saloniga borgan. Kosmetolog esa maxsus kosmetik elim o`rniga tez quriydigan universal elimdan foydalangan.

Bir necha daqiqadan so`ng ayolning qovoqlari shishib ketgan, ko`zlarini pirpiratmoqchi bo`lganida kipriklar bir-biriga yopishib qolgan. Shunga qaramay, kosmetolog Supapdan xizmat haqi uchun 1,5 ming bat talab qilgan.

Elimdan halos bo`lish uchun Supap boshqa salonga borgan. Bir soat davom etgan urinishlardan so`ng elim bilan birga ayol kipriklaridan ham butunlay ayrilgan. Ustiga ustak, yana ming bat to`lashga majbur bo`lgan.

Ayol polisiyaga murojaat etib, bor gapni aytgan bo`lsa-da, polisiya xodimlari hech qanday yordam berolmasliklarini bildirishgan.

    Boshqa yangiliklar