2018 yilning 1 sentyabr kuni kech soat 21.00dan 21.16gacha O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yillik bayrami munosabati bilan bayram salyuti amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.
Poytaxtimiz aholisi va mehmonlari bayram salyutlarini Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi markaziy istirohat bog`larida tomosha qilishi mumkin bo`ladi.
Istirohat bog`lari va maydonlar ro`yxati:
1. Bektemir tumani “Quyoshcha nuri” istirohat bog`i
2. Mirobod tumani Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog`i
3. M.Ulug`bek tumani Mirzo Ulug`bek nomidagi madaniyat va istirohat bog`i “SENTRAL PARK” (yangi bog`)
4. Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bog` (Eko bog`)
5. Sergeli tumani “Grin Park” madaniyat va istirohat bog`i
(sobiq Sohil bog`i)
6. Olmazor tumani Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog`i
7. Uchtepa tumani «Bog`ishamol” madaniyat va istirohat bog`i
8. Chilonzor tumani G`afur G`ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog`i
9. Shayxontohur tumani “Anhor Lokomativ” istirohat bog`i
10. Yakkasaroy tumani Bobur bog`i
11. Yashnobod tumani “Do`stlik” istirohat bog`i
12. Chilonzor tumani “Xalqlar do`stligi” sana`t saroyi maydonining Bunyodkor shoh ko`chasiga yaqin qismiga
13. Yunusobod tumani “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining old maydoniga, Amir Temur shoh ko`chasi bo`ylab
14. Chilonzor tumani Milliy bog` hududiga kirish qismiga, Furqat ko`chasi bo`ylab
15. Chilonzor tumani Adiblar xiyoboniga kirish qismiga, Bunyodkor shoh ko`chasi bo`ylab.
Toshkent IIBB xabariga ko`ra, poytaxt aholisi hamda mehmonlari uchun qo`shimcha qulaylik yaratish maqsadida shaharning qator ko`chalarida avtoturargohlar tashkil etilib, mushakbozlikni tomosha qilish istagida bo`lganlar uchun maxsus avtobus qatnovlari yo`lga qo`yiladi.