AsosiyJamiyat

Avtomobillar “tonirovka”sidan 5 kun ichida davlat byudjetiga 1 milliarddan ortiq pul tushgan

'Avtomobillar “tonirovka”sidan 5 kun ichida davlat byudjetiga 1 milliarddan ortiq pul tushgan'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB, YHX ma`lumotlariga ko`ra joriy yilning 23-28 avgust kunlarida 77 nafar kishi mashina oynalarini tonirovka qildirgan bo`lib, ularning 30 nafari yuridik shaxslardir. Ushbu to`lovlar davlat byudjetiga jami 1443069000 so`m tushgan, deb yozmoqda O`zA.

Eslatib o`tamiz , avtomobil oynalarini qoraytirish uchun qo`yilgan narxlar quyidagicha belgilangan:

jismoniy shaxslarga eng kam ish haqining 90 baravari (16 587 000 so`m);

yuridik shaxslarga eng kam ish haqining 120 baravari (22 116 000 so`m);

xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga eng kam ish haqining 140 baravari (25 802 000 so`m).

O`zbekistonga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun 15 AQSh dollari miqdorida yig`im undiriladi.

    Boshqa yangiliklar