Bosh prokuratura axborot xizmatining ma`lum qilishicha, Toshkentdagi yirik bozorlarning 11 nafar rahbarlari qo`lga olingan va ularga nisbatan O`zR JK 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va boshqa moddalar bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan.
Ayni paytda ilk tergov harakatlari boshlab yuborilgan. 2018 yil 30 avgust holatiga ko`ra, hibsga olinganlar orasida “Bekto`pi”, “Chorsu”!, “Chilonzor” (Otchopar), majmualari, Sergeli avtomobil bozori, “Eski Jo`va” dehqon bozori rahbarlari va boshqalar bor.
Ayblanuvchilarning aniq qamrovi tergov harakatlari davomida aniqlanadi.






