AsosiyJamiyat

Mudofaa vazirligida bir guruh harbiy xizmatchilarga davlat mukofotlari topshirildi

'Mudofaa vazirligida bir guruh harbiy xizmatchilarga davlat mukofotlari topshirildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma etti yilligi munosabati bilan Mudofaa vazirligi markaziy apparatida bir guruh harbiy xizmatchilarga davlat mukofoti va navbatdagi harbiy unvonlar topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bayram tantanasida mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov O`zbekiston Respublikasi prezidentining “Huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida”gi farmonini o`qib eshittirdi.

Ushbu farmon bilan mamlakat Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta`minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasida xizmat burchini bajarish chog`ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko`rsatgani uchun 16 nafar harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

«Mamlakatimizning ana shunday yuksak e`tiboriga sazovor bo`lgan barcha harbiy xizmatchilarni, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarini hamda Sizlarni jonajon O`zbekistonimizning qutlug` ayyomi, mustaqillikka erishgan kunimizning yigirma etti yilligi bilan yana bir bor samimiy tabriklayman», — deya yig`ilganlarni muborakbod etdi Abdusalom Azizov.

Farmonga ko`ra, Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari II darajali «Shon-sharaf», «Mardlik» ordenlari hamda «Jasorat» va «Sodiq xizmatlari uchun» medallari bilan tantanali ravishda mukofotlandi. Bir guruh harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvon va faxriy yorliqlar topshirildi.


    Boshqa yangiliklar