“O`zbekneftgaz” AJ Rossiyaning “Zarubejneft” AJ bilan O`zbekistonning uzoq muddatli konlarida uglevodorod xom ashyosini qazib olish hajmini yanada oshirish imkoniyatlarini o`rganishga kirishdi. Bu haqda “O`zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

O`rganish davomida turli texnologiyalar ko`rib chiqildi, ular orasida elektr markazdan qochirma nasoslarni tushirish va quduqlarda ta`mirlash ishlarining samaradorligini oshirish kabilar.

Aytib o`tish joiz, “Zarubejneft” AJ Rossiyaning strategik ahamiyatga ega bo`lgan barqaror rivojlanayotgan neft va gaz kompaniyasidir. Bu kompaniyaning tashqi iqtisodiy faoliyatda tajribasi ulkan.
Kompaniyaning asosiy maqsadi – Rossiya va chet davlatlarda mavjud neft va gaz konlarini ekspluatasiya qilish va bunda uglevodorod resurslarini maksimal darajada samarali va kompleks ravishda qazib olishni ta`minlashdir.






