O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tez kunlarda o`z faoliyatini boshlaydigan Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetida bo`ldi. Bu haqda universitet rektori Sherzod Qudratxo`jaev “Feysbuk”dagi o`z sahifasida ma`lum qildi.
Bosh vazirga Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari Mirabbos Inoyatov hamrohlik qilgan.







