AsosiyJinoyat

Sariosiyoda ota qiziga nojo`ya harakatlar qilgan qo`shnisini o`ldirildi

'Sariosiyoda ota qiziga nojo`ya harakatlar qilgan qo`shnisini o`ldirildi'ning rasmi

2018 yil 11 sentyabr kuni soat 20:45larda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma`lum bo`lishicha, Boysunobod mahallasida yashovchi fuqaro X. (1977 y.t. erkak) qizi P.ga uyatsiz va buzuq harakatlar qilgan qo`shnisi M.ning (1998 y.t. erkak) yashash uyiga borib u bilan o`zaro janjallashishi natijasida, M. oshxona pichog`i bilan uning chap ko`krak qafasiga urib, qasddan o`ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan M.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar